2026 Exhibitions and Festivals 2026 Events info@handicraftman.uz
VII Xalqaro “Atlas bayrami” festivali
Festival International

VII Xalqaro “Atlas bayrami” festivali

VII Xalqaro “Atlas bayrami” festivali an’anaviy o‘zbek to‘qimachiligi, milliy matolar va hunarmandchilik merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan xalqaro festivaldir.

17 - 19 September, 2026 Marg‘ilon shahri, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston

About the event

2026-yil 17–19-sentabr kunlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida VII Xalqaro “Atlas bayrami” festivali o‘tkaziladi.

Festival Farg‘ona viloyati hokimligi, Amaliy san’at birlashmasi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Festival doirasida qo‘lda gazlama to‘qish, milliy matolar tayyorlash, kashtachilik, milliy liboslar tayyorlash hamda qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi hunarmandlar ishtirok etishlari mumkin.

Festival ko‘rgazmasida namoyish etiladigan mahsulotlar qo‘l mehnati asosida tayyorlangan bo‘lishi shart.

Ishtirok etish istagida bo‘lgan hunarmandlardan belgilangan talablar asosida so‘rovnomani diqqat bilan va to‘liq to‘ldirish so‘raladi.

VII Xalqaro “Atlas bayrami” festivali milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, ustalarning ijodiy salohiyatini namoyish etish, tajriba almashish hamda o‘zbek amaliy san’ati va milliy matolarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.